Eduardo Kamavinganing oldida faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variant bor

Aslanov Jasurbek
5 dek 2020, 08:58
“Renn” vakiliga grandlar da'vogar.

Eduardo Kamavinga faoliyatini “Real” yoki “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin deb yozmoqda “Goal” nashri. Nashr ma'lumotiga ko'ra 18 yoshli futbolchining vakillari allaqachon “Real” va MYU bilan muzokara olib borishga ulgurgan. Ushbu transfer 2021 yil yozida amalga oshishi mumkin.

Avvalroq Kamavingga “Bavariya” ham da'vogarligi aytilgandi.

Kamavinga joriy mavsum “Renn” safida 13 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com