

24 yoshli norvegiyalik futbolchi muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada 55 foiz ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinda Bukayo Saka, uchinchi o'rinda esa Gabriel Martinelli qayd etildi.
Ma'lumot uchun, Edegor ortda qolgan mavsumda APLda 37 ta o'yin o'tkazdi, 15 ta gol urib, 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.



