YCHLning o'tgan yilgi yarim finalchisi musobaqani tark etdi

11 dek 2019, 04:10
Amstyerdamning "Ayaks" klubi muobaqani tark etdi

"H" guruhida kuchi bir-biriga yaqin, hujumkor futbolni namoyish qiluvchi quvnoq jamoalar to'plangan edi. Bu so'nggi turning so'nggi daqiqalarigacha pley-off yo'llanimasi ustida so'roq belgisi porlab turishini taminladi. Tur avvalidanoq bugun musobaqani qaysidir quvnoq jamoa tark etishi ma'lum edi. Bu jamoa "Ayaks" bo'lib chiqdi. Amstyerdamda "Ayaks" ustidan g'alaba qozongan "Valensiya" guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi. "Chelsi" esa "Lill"ga qarshi uchrashuvdagi g'alaba evaziga guruhda ikkinchi bo'ldi. O'tgan mavsum "Real"-u, "Yuventus"larni yanchib tashlagan gollandlar endi Yevropa ligasi bosh sovrini uchun kurash olib boradilar.

Chelsi Angliya – Lill Fransiya 2:1

11 dekabr, 01.00, Stemford Bridj

Gollar:

1:0 – 19 Abraxam, 2:0 – 35 Aspilikueta, 2:1 – 78 Remi.

Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Zuma, Aspilikueta, Emerson, Kante, Jorjino, Pulishich (Xadson-Odoi, 62), Kovachich (Maunt, 82), Villian, Abraxam (Batshuayi, 72).

Lill – Menyan (Leo Jardim, 72), Gabriel, Chelik, Tiagu Djalo, Pe, Tiago Mayya (Bamba, 66), Sumare, Sheka, Yazydji, Luis Araujo (Sanshesh, 82), Remi.

Ogohlantirishlar:

Chelik (40), Zuma (45), Sheka (67).

 

Ayaks Gollandiya – Valensiya Ispaniya 0:1 

10 dekabr, 01.00, Yoxan Kroyff Arena

Gol:

0:1 – 24 Rodrigo.

Ayaks – Onana, Alvares (Dest, 46), Mazraui, Blind, Martines, Tadich, Lang (Xuntelar, 70), Talyafiko (de Yong, 89), van de Bek, Veltman, Ziesh.

Valensiya – Domenek, Gabriel Paulista, Diakabi, Gayya, Vass, Parexo, Soler, Koklen, Ferran Torres (Mangalya, 90), Gameyro (Valexo, 54), Rodrigo.

Ogohlantirishlar:

Alvares (10), Domenek (79), Talyafiko (79), Onana (81), Parexo (81), van de Bek (83), Valexo (86), Tadich (90).

Chetlatish:

Gabriel Paulista (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia