YCHL yo'llanmasi uchun kurash: A Seriya 32-tur prevyusi

Omonjon To`xtamirzayev
28 apr 2023, 11:36
Bugun Italiya chempionatida navbatdagi tur bahslari start oladi.

"Napoli" - "Salernitana"

Bu uchrashuvda "Napoli"ga jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirayotgan Politano, Ruy va Simeone yordam bera olmaydi. Klub bu uchrashuvda skudettoni rasman qo'lga kiritishi mumkin. Shunday ekan Spalletti tarkibda juda keskin eksperimentlar qilmasa kerak. Osimxen va Kvaratsxeliya safda, demak, ularni asosiy tarkibda kutishimiz mumkin. 

Madjore va Facio o'yinga tayyor bo'lib ulgurishmayapti, shu sababli Paulo Souza himoya markazi borasida bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Hujumda Kastanos-Dia juftligiga umid bildiriladi. Yana bir qiziq tomoni Kastanos avvalgi bahsda hujumchi ortida qanday harakat qilishi sinab ko'rildi.

Birinchi davrada "Napoli" safarda bo'lishiga qaramay, ishonchli tarzda g'alaba qozongan (2-0). Tabiiyki, bu safar ham neapolliklar yaqqol favorit. Ha, "Salernitana" yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va ancha kuchaygan, biroq chempionlikni uyida qo'lga kiritishi mumkin bo'lib turgan "Napoli"ga kuchi etmasa kerak. 


"Roma" - "Milan"

Burni singani tufayli Karsdorp o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. Biroq Joze Mourinyoning bu siz ham boshi qotgan. Smolling, Lorente, Dibala va Veynaldum ham bu bahsda katta ehtimol jamoaga yordam bera olmaydi. Har bir chiziqda qandaydir yangilik qilish talab etiladi. 

Pioli uchun Kalabriyaning diskvalifikaciyadan qaytishi ajoyib yangilik. Ammo Pobega esa jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. Kuni-kecha mashg'ulotda o'zini yomon his qilgan Jiruning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. Shuning uchun, francuz hujumda Leao bilan birga maydonga tushishi deyarli aniq.

O'tgan safar jamoalarning yorqin to'qnashuvi 2-2 hisobida durang bilan yakunlangandi. Hozir "Roma" kichik ustunlik bilan bo'lsada favorit. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu to'qnashuvda mezbon faktori muhim rol o'ynaydi. Nima bo'lganda ham "Milan" va "Roma" bellashuvi zerikarli bo'lmasligi aniq.


"Inter" - "Lacio"

Lukaku asosiy tarkibga qaytadi va Lautaro bilan juftlik hosil qiladi. "Inter"da Shkrinyardan boshqa yo'qotishlar yo'q. Shunday ekan, Inzagi futbolchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib tanlov qilishi mumkin. Axir jaoma 3 ta frontda kurashni davom ettirmoqda. Qizig'i, "Lacio"da ham yo'qotishlar yo'q. Kozale va Kataldi diskvalifikaciyadan qaytadi, Immobile esa o'yinni ilk daqiqalardan boshlashga tayyor. Unga hujumda Felipe Anderson va Cakanya yordam beradi.

"Lacio" birinchi davrada "Inter"ni barcha jabhada mag'lub etgandi. Ammo bu safar mutaxassislar "burgutlar"ga umuman ishonishmayapti. Chindan "Torino"ga qarshi bahs ko'ngildagidek chiqmadi, safarda esa rimliklarga yanada qiyinroq bo'ladi. Biroq "Inter"ning tig'iz taqvimini inobatga olib, "neradzurri"ga ham oson bo'ladi deb bo'lmaydi.


"Bolonya" - "Yuventus"

Tiago Mottaning tarkib bilan bog'liq muammolari ancha ko'payib ketdi. Arnautovich, Banonili, Kambyaso va Soriano bu turda jamoaga yordam bera olmaydi. Hujum chizig'ida Sansone-Berrou juftligiga alternativ variantning o'zi yo'q. Markaziy yarim himoyachi rolida esa Shoutenni ko'ramiz. 

"Yuventus"da Vlaxovich va Moyze Kin so'roq ostida, shuningdek chorshanba kuni o'ynagan Bonuchchi yakshanba kuni yana bir bahsda ishtirok etolmasa kerak. Shunday ekan himoya markazida Bremer bilan Gatti juftlik hosil qiladi. Hujumda Allegri Arkadiush Milikka ishonch bildiradi.

"Yuventus" "Bolonya"ni birinchi davrada mag'lubiyatga uchratgan. Biroq hozir jamoalarning holatidan kelib chiqib, kimgadir yaqqol ustunlik berib bo'lmaydi. "Keksa sinora" qog'ozda favorit, lekin "Bolonya" shu mavsumda ham katta klublarga qarshilik qila olishini isbotlab qo'ydi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia