YCHL. Yarim finalda "Real" "Chelsi" bilan, "Man Siti" esa PSJ bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2021, 02:05
Chempionlar Ligasining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi.

"Real" mehmonda "Liverpul" bilan durang o'ynadi (0:0) va Ispaniyada qo'lga kiritilgan g'alaba (3:1) evaziga keyingi raundga yo'l oldi.

"Manchester Siti" mehmonda ham, uyda ham "Borussiya"ni bir xil (2:1) hisobda mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. 

Oldinroq chorak finalda PSJ "Bavariya"ni (3:2, 0:1) yutgan bo'lsa, "Chelsi" "Portu"dan ustun kelgandi (2:0, 0:1).

Chempionlar Ligasi

1/2 final

"Real" – "Chelsi" 

PSJ – "Manchester Siti" 

Dastlabki o'yinlar 27 va 28 aprel kunlari, javob uchrashuvlari esa 4 va 5 may kunlari o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia