YCHL. Yarim final bahslari qaysi sanalarda o'tishi aniq bo'ldi

Eldor Akmurzayev
15 apr 2021, 20:35
UEFA Chempionlar Ligasi joriy mavsum 1/2 finalining taqvimini e'lon qildi.

Unga ko'ra, ushbu bosqichdan o'rin olgan ilk bahs “Real” va “Chelsi” o'rtasida 27 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi. Londondagi uchrashuv esa 5 mayga belgilangan.

PSJ – “Man Siti” juftligiga kelsak, birinchi o'yin 28 aprel sanasida Parijda, javob bahsi esa 4 may kuni "Etihad"da o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi final 29 may kuni Istanbuldagi “Olimpiya” o'yingohida o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA