YCHL. So'nggi 11 yil ichida ilk bor 1/4 finalda “Bavariya” ham “Real” ham yo'q

14 mar 2019, 09:10
“Bavariya” kecha “Liverpul”ga mag'lub bo'lib, YCHLni tark etdi.

Avvalroq “Real” ham “Ayaks”ga mag'lub bo'lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Shu tariqa YCHL chorak finali 11 yil ichida ilk bor “Bavariya” va “Real”siz o'tadigan bo'ldi.

Madrid klubi so'nggi bor 2007/08 yilgi mavsumda “Roma”ga 1/8 finalda mag'lub bo'lib, chorak finalga chiqa olmagandi. “Bavariya” esa o'sha mavsum UEFA Kubogida ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: MisterChip