YCHL. Seshanba oqshomining qahramonlari FOTO

Narzulla Saydullayev
30 sen 2015, 13:25
Tunda Yevropa chempionlar ligasida 2-turning dastlabki 8ta o'yini bo'lib o'tdi.

Biz kechagi o'yinlarda qahramonlik qilgan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.


"Barselona" - "Bayer" 2:1
Qahramon
: Luis Suares o'yinda gol urdi va Serxi Robertoga golli pas oshirdi.



BATE - "Roma" 3:2
Qahramon:
Belarus klubi hujumchisi Filip Mladenovich dublga erishdi va "bo'rilar"ni mag'lub etilishda katta xissa qo'shdi




"Bavariya" - "Dinamo Zagreb" 5:0
Qahramon:
Robert Levandovski Xorvatiya klubi darvozasiga uch bor to'p kiritdi. Shu tariqa, polshalik hujumchi so'nggi 3 o'yinda 10ta gol urdi.




"Arsenal" - "Olimpiakos" 2:3
Qahramon:
Felipe Pardo Kastro "Arsenal"ni Londonda mag'lub etilishida katta rol o'ynadi. Futbolchi 33-daqiqada hisobni ochdi. 66-daqiqada sherigiga gol urish uchun golli pas oshirdi.




"Makkabi Tel Aviv" - "Dinamo Kiev" 0:2
Qahramon:
Kievliklarning paragvaylik hujumchisi Derlis Gonzales ikkala golga pas oshirdi.




"Portu" - "Chelsi" 2:1
Qahramon:
Yasin Braimi o'yinda jamoasining yetakchisi bo'ldi va dastlabki golga hammualliflik qildi.




"Lion" - "Valensiya" 0:1
Qahramon:
Uchrashuvdagi yagona golni urgan Sofyan Feguli jamoasiga g'alaba keltirdi.




"Zenit" - "Gent" 2:1
Qahramon
: Braziliyalik Xalkning maydonga tushishi so'roq ostida edi. U maydonga tushdi va ikkita golli pas oshirishga ham erishdi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia