YCHL. "Manchester Siti" birinchi bor gol o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016
YCHL 2-turida "Manchester Siti" Shotlandiyada "Seltik" mehmoni bo'lmoqda.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishdi. Mussa Dembele "Siti" darvozasini ishg'ol qildi. Shunday qilib, Gvardiola boshchiligidagi inglizlar bu mavsumda YCHLda ilk bor gol o'tkazib yuborishdi.

"Siti" guruh bosqichining 1-turida "Borussiya M" ustidan 4:0 hisobida ustun kelgandi. Pley-off bosqichida esa Ruminiyaning "Styaua" klubi ikki o'yinda umumiy 6:0 hisobida taslim qilingan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia