YCHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
9 mar 2023, 09:11
UEFA shu hafta o'tkazilgan YCHL o'yinlari yakuniga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Nomzodlar ro'yxati quyidagicha: 

"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori "Tottenxem" bilan o'yinda 2 marta to'pni raqibdan olib qo'ydi;

"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller PSJga qarshi o'yinda 31,4 km/soat tezlik namoyish etdi;

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya "Borussiya"ga qarshi o'yinda 2 marta to'pni raqibdan olib qo'ydi, paslar aniqligi 85 foiz; 

"Benfika" futbolchisi Rafa Silva "Bryugge" bilan o'yinda gol urdi, 3 ta aniq zarba berdi, 32,6 km/soat tezlik ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA