YCHL. Hafta qahramoni e'lon qilindi

7 may 2021, 19:31
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyad Mahrez Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jazoirlik 30 yoshli futbolchi "Pari Sen-Jermen"ga qarshi yarim final javob o'yinida dubl qayd etib, "shaharliklar"ni finalga olib chiqqan edi.

Shuningdek, ushbu sovrin uchun "Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash, "Chelsi" futbolchilari Ngolo Kante hamda Kay Xavertc da'vogarlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com