YCHL. Hafta o'yinchisi kim bo'ladi? Nomzodlar orasida Messi va Pogba ham bor

Tolibjon Qosimov
20 sen 2018, 15:13
18-19 sentyabr kunlari Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasining dastlabki tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Da'vogarlar orasidan "Barselona"ning argentinalik forvardi Lionel Messi, "Manchester Yunayted"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba, "Liverpul"ning angliyalik yarim himoyachisi Jeyms Milner va "Lion"ning fransiyalik hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekir joy oldi.

Eslatib o'tamiz, Messi "PSV Eyndxoven" bilan uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Pogba "Yang Boyz"ga qarshi uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta golli pas berdi. Milner PSJ darvozasiga penaltidan bitta gol urgan bo'lsa, Fekir Angliyada "Manchester Siti" bilan to'qnashuvda bitta gol urdi va bitta golli pas berdi.

Nomzodlarga UEFA rasmiy saytiga kirib ovoz berishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com