

Dushan joriy mavsum YCHLda kechagi gol bilan hisoblaganda 6 ta gol urishga erishdi. Tadich “Ayaks” tarixida YCHLda 6 ta gol urgan ikkinchi raqamli futbolchi bo'ldi. Birinchisi Yari Litmanen bo'lgan. U ikki bor - 1994/95 va 1995/96 yilgi mavsumlarda 6 tadan gol urishga muvaffaq bo'lgandi.



