Dubay kompaniyasi "Barselona"ning 1.5 mlrd evrolik qarzini sotib olishga tayyor

Aslanov Jasurbek
28 sen 2021, 23:08
"Barselona"ning moliyaviy qiyinchiliklari davom etmoqda.

Kataloniyaliklarning hozirda umumiy qarzi 1.5 mlrd evroga etgan.

Nomi sir tutilayotgan Dubaydagi kompaniya esa, klubning barcha qarzlarini yopib berishga tayyorligini ma'lum qildi. Kompaniya "Barselona"ning barcha qarzlarini to'laydi va ularga 2 yildan 12 yilgacha muxlat beriladi. Ushbu xizmat uchun so'ralyotgan qo'shimcha foizlar ham unchalik katta emas. 

Agarda ushbu kelishuv amalga oshadigan bo'lsa, "Barselona" juda qisqa muddat ichida qiyin ahvoldan chiqib ketadi. Bu esa yangi transferlarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport