Dragan Cheran: "Musobaqaga moslashib olish talab etiladi"

Sherzod Nurmatov
14 apr 2021
OCHL "B" guruhi 1-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Traktor" (3:3) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor"ning birinchi goli muallifi Dragan Cheran o'z fikrini bayon etdi.

"Birinchi bellashuv doim qiyin kechadi. Musobaqaga moslashib olish talab etiladi. Havo, iqlim, sharoitlarga ko'nikish zarur. Ikki to'p farqi bilan ortda borganimizga qaramay, vaziyatni o'zgartirdik. Keyingi uchrashuvda yaxshiroq futbol ko'rsatishga intilamiz", – deydi Cheran.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати