Dragan Cheran faoliyatini Toshkentning boshqa klubida davom ettirishi mumkin

Khoja
30 noya 2024, 08:01
Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Hujumchi yangi mavsumni Toshkentning boshqa bir klubi Bunyodkorda davom ettirishi mumkin.

Dragan O'zbekistondagi faoliyatini 2016 yilning yozida Nasafda boshlagan. 2018 yilning yozidan beri Paxtakor safida harakat qilib kelmoqda.

Serbiyalik hujumchi O'zbekiston Superligasida jami 196 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 140 ta gol va 32 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia