Dragan Cheran: "35 yoshda poker? O'z vazifangni bajarish uchun yoshning ahamiyati bo'lmasligi kerak"

Iskandarov Abdulaziz
22 okt 2022, 19:25
"Paxtakor" futbolchisi Drgan Cheran "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin va faoliyatidagi birinchi poker haqida fikr bildirdi.



"Ehtimol ikkinchi davradagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazgan bo'lishimiz mumkin. Superligada qolish uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi o'yinlar oson o'tmagan. Chunki ular maydonning har bir qarichi uchun kurashadi. Ikki karra kuch bilan harakat qiladi. 

Albatta, bu faoliyatimdagi birinchi rasmiy o'yindagi pokerim hisoblanadi.35 yoshda poker? O'z vazifangni bajarish uchun yoshning ahamiyati bo'lmasligi kerak",- deydi Cheran.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia