Donnarumma "Milan"ga qaytishi mumkin

Оқил Абдубарноев
18 apr 2022, 19:51
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma "Milan"ga qaytishi mumkin.

Klub yaqin orada yangi boshqaruvchilar qo'liga o'tishi mumkin. Shundan so'ng "rossonerlar" yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer bozorida sezilarli darajada ko'proq kapitalga ega bo'lishadi.

Manbaning yozishicha, egalik huquqining o'zgarishi va moliyaviy kapital Donnarummaning "Milan"ga qaytishi mumkinligidan darak berishi mumkin.

Biroq transferning amalga oshishi hozircha mish-mishdan iborat. Shuningdek, Milan klubining hozirgi darvozaboni Mayk Menyan mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe