Domeniko ketdi, Tibo qaytmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025
Tibo Kurtua mart oyida Belgiya termasi safida maydonga tushadi.

Qayd etish lozim, Kurtua Belgiya milliy terma jamoasi safida 2023 yildan buyon o'ynamayotgandi. Bunga sabab esa bosh murabbiy Tedesko bilan kelishmovchilik edi. Mamlakat futboli rahbarlari bir necha bor Tiboni termaga qaytarishga uringan, lekin har safar Kurtua qarorida qatiy turgandi. 

Yanvar oyida Domeniko Tedesko Belgiya terma jamoasini tark etgandi. Mana endi darvozabon terma libosini kiyishga rozi bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, 21 mart kuni Belgiya Millatlar Ligasi doirasida Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS