Diyor Turopov: "Biz har qanday raqibga bosh og'riq bo'la olamiz"

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2024, 23:29
Yaqindagina "Neftchi" bilan shartnoma muddatini uzaytirgan Diyor Turopov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- O'tgan mavsum haqida nima deya olasiz?

- Qiziqarli mavsum bo'ldi. O'tgan mavsumdagi "Neftchi" o'z o'yinlari orqali shonli davrlarda olingan zavq-quvonchni bir lahza bo'lsa ham yodga soldi.

- Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz. Jamoada qolishingiz uchun eng asosiy uchta sababni aytib bersangiz...

Muxlislar, jamoa va sovrinli o'rinlar uchun yana bir bor urinib ko'rish ishtiyoqi.

- Turopov keyingi mavsum oldidan muxlislargi nimani vada bera oladi?

- Vada berishga shoshilmaylik. Bizning aytganlarimiz bo'lganda, hammasi boshqacha bo'lardi. Allohning aytgani bo'ladi, bizdan esa yaxshi niyat va harakat.

- O'tgan mavsumda jamoamizga medallar uchun kurashda nima yetishmadi?

- Fikrimcha, barqarorlik va oxirgi nuqtani qo'yish yetishmadi. O'ylaymanki, yangi mavsumda murabbiylar rejasi asosida maqsad sari intilamiz, muxlislar esa oldingidek, bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashini xohlardim. Biz har qanday raqibga bosh og'riq bo'la olamiz va ularning uyqusiz tunlarida bizning ham hissamiz bo'ladi degan umiddaman.

Ma'lumot o'rnida, Turopov o'tgan mavsum "Neftchi" safida 26 ta uchrashuvda qatnashib, "4+1" natija ko'rsatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia