"Dinamo": Yangi futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2016, 11:46
Dinamo futbol klubi qarorgohida Oliy Liga nazoratchisi Elbek Musaev FIFAning yangi o'yin qoidalari bo'yicha seminar o'tkazdi.

Klub qarorgohida tashkil etilgan ushbu seminarda Dinamo jamoasi murabbiylari, futbolchilar ishtirok etib, PFL inspektori Elbek Musaev yangi qoidalar bilan ularni tanishtirib o'tdi. O'zbekiston futbolida kelasi mavsumdan kuchga kiradigan ushbu qoidalarga futbolchilarni tayyorlab borish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda, to'pni qo'l bilan o'ynash, so'nggi umid qoida buzilishi, o'yindan tashqari holatni aniqlash, simulyaciya va boshqa o'zgarishlar xususida futbolchilarga ma'lumotlar berildi. PFL nazoratchisi turli holatlar yuzasidan futbolchilarning fikrini tinglab, vaziyatlarni tushuntirib o'tdi. Klub a'zolari bu boradagi savollariga atroflicha javoblar olishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz