Dinamo muxlislari Toshkentga borishadi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2017, 14:23
Dinamo jamoasini har o'yinda qizg'in qo'llab-quvvatlayotgan samarqandlik futbol ishqibozlari Oliy Liga 14-turi doirasida Toshkentga borishadi.

Ayni damda turnir jadvalida 5-pog'onadan joy olgan Dinamo jamoamiz navbatdagi turda amaldagi chempion, turnir jadvali peshqadami Lokomotivga qarshi saf tortishadi. Ushbu jiddiy bahsda samarqandlik muxlislar Dinamoning 12-o'yinchisi bo'lishni maqsad qilishgan.

Ushbu o'yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari 20 iyun, seshanba kuni Dinamo stadioni oldida to'planib, Toshkentga jo'nab ketishlari ko'zlanmoqda. Sevimli jamoamiz Dinamoni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan barcha muxlislarni ham ushbu bahsga borishga chorlab qolamiz. Batafsil ma'lumot uchun, muxlislar faoli Shavkat Burhonovga (+99897 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin. Ushbu o'yinga kirish bepul.

Eslatib o'tamiz, Lokomotiv - Dinamo uchrashuvi 20 iyun, seshanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz