"Dinamo" futbolchisining gollari tufayli Qirg'iziston terma jamoasi Kuvaytni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2023, 01:11
Qirg'iziston terma jamoasi Dubayda Kuvayt bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Qirg'iziston terma jamoasi safida maydonga tushgan Samarqandning "Dinamo" klubi hujumchisi Kojo Joel o'z hisobiga ikkita gol yozdirib, jamoasining g'alabasini taminladi.

60-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Joel 70-daqiqada milliy jamoasidagi debyut golini kiritgan bo'lsa, 88-daqiqada esa dublini rasmiylashtirib, qirg'izlarga g'alaba keltirdi.


Kuvayt - Qirg'iziston 1:3

Gollar: Abdulloh 26 - Aliqulov 43, Kojo Joel 70, 88.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia