Dilyaver Vaniev: "Oldingi o'yindan saboq chiqardik"

Sherzod Nurmatov
28 apr 2022
Pro liga 6-turi doirasidagi "Mashal" – "G'ijduvon" (5:0) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida

- O'zbekiston Kubogida "Qo'qon-1912"dan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag'lubiyat (0:4)dan so'ng yigitlar bilan jiddiy gaplashib olgandik. Shu bois bugungi bahsga jiddiy ahamiyat qaratgandik. 0:0 bo'lib turganda raqibda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Oldingi o'yindan saboq chiqardik. Endi keyingi uchrashuvlarga hozirlik ko'ramiz.

- Mikola Agapov 3 ta gol urdi. Futbolchini keyinroq zaxiraga oldingiz, balki oxirigacha imkoniyat berish kerakmidi...

- U yuqori darajali futbolchi. FIFA to'g'ri qarorga keldi. U kelgandan keyin jamoaga katta yordam bermoqda. O'zgarish qilganimizga sabab u etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, yosh futbolchiga imkon berishga qaror qildik, bu normal holat. 

- "Mashal" Kubok uchrashuvida "G'ijduvon" bilan 0:0 o'ynagandi. Shundan kelib chiqsak, asosiy e'tibor chempionatga qaratilganmi?

- O'sha o'yindan qoniqmagandim. Rotaciya ham bo'lgandi. Bugungi va o'sha o'yin o'rtasidagi farqni birinchi urgan golimiz yo'qqa chiqardi. Oldinga intilishda davom etamiz.

Fursatdan foydalanib, "Nasaf"ni pley-offga chiqqani bilan tabriklayman! Bu O'zbekiston uchun katta reyting natija keltiradi.

Ma'lumot uchun, "G'ijduvon" bosh murabbiyi Bahodir Shaymardonov o'yindan keyingi matbuot anjumaniga qatnashmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia