Dilshod Ashirov: "Mashal" futbolchilarining jismoniy holatidan qoniqmoqdamiz"

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 11:03
"Mashal" PFK bir necha kun oldin Toshkentda bo'lib tibbiy ko'rikdan o'tib keldi.
Ayni vaqtda klub bosh shifokori bilan jamoaning ikkinchi davra oldidan jismoniy holatini bilish uchun suhbatlashdik.

- Yaqinda "Mashal" Toshkentdan tibbiy ko'rikdan o'tdi. Umumiy xulosalar qanday?

Biz uchun quvonarlisi barcha futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Faqatgina hozircha ko'rikdagi legionerlarimizda kichik muammolar bor. O'ylaymanki,  ular ham tez orada muhitga moslashadi va qolgan futbolchilarimizdek tibbiy ko'rikni a'lo topshiradi. Ushbu ko'rik juda ham jiddiy bo'lib bunda har bir futbolchi eng so'ngi , zamonaviy tibbiy anjomlar bilan ko'rikda bo'ldi. Yozgi tatilda ko'pgina futbolchilar mavsumdagi holatini butunlay o'zgartiradi va formadan chiqadi. Bu esa yurakka ko'p yuklamalar berib qo'yadi. Bizda shunday muammolar bo'lmasligi uchun tatilni ham qisqaroq o'tkazishni maqul ko'rik. Undan tashqari tog'dagi yig'in ham juda samara berdi.
 
- Tog'dagi yig'in futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash uchun qaratilgan edimi ?


Undan ham muhimi futbolchi bir hafta yo'qotgan energiyasini tiklashga qaratiladi. Bir hafta bu futbolda juda katta muddat. Aynan ushbu yig'in jamoamizga katta foyda keltirdi. Mavsumni ushbu davrida olib borilgan yig'in samara beradi.

- Yuqorida legionerlarning tibbiy ko'rik bilan bog'liq masalalari haqida to'xtalib o'tdingiz bu borada to'liqroq ma'lumot bersangiz?


Bu ma'lum muddatda bo'lib o'tdigan holat. Ularda ham adoptaciya jaroyoni ketmoqda va yana bir marta ko'rikdan o'tadi. Misol uchun Kamerundan 15 soat davomida uchib kelib ikki kundan so'ng ko'rikdan o'tish ozgina qiyinchilik tug'dirdi. Shifokorlar ko'nikish jaroyoni to'la yakunlangandan so'ng qaytadan ko'rik bo'lishi haqida aytdi. Moldovalik Gonca esa qaytib kelib ko'rikdan o'tadi.

- Futbolda tibbiyotning o'rni katta. Ayni vaqtda jamoa futbolchilari yozgi oralig'ida kimyoviy dorilardan foydalanadimi?

Bu futbolning ajralmas qismi. Bizda FIFA tomonidan tasdiqlangan tibbiy vitamin va dorilarning barchasi etarlicha. Bundan esa biz ham foydalanib kelamiz. Ayniqsa vitaminlar va kerakli tiklanish dorilarini kerak deb hisoblayman. Jamoamizda ham bundan foydalanamiz. Jahonning yetakchi klublarida to'p surayotgan futbolchilar ham holatini yaxshilab borish uchun dorilardan foydalanadi. Faqatgina belgilangan normalarga to'la amal qilish shart. Ortiqcha qabul qilingan kimyoviy vositalar sog'liqqa jiddiy ta’sir o'tkazadi.
 
- Misol uchun "Mashal mavsumga tayyorgarlik asosan Yangiyerda va tog'da olib boradi. Bu jamoaga Muborakda o'tgan uchrashuvlarda o'z ta’sirini o'tkazmaydimi ?
 
 Bunday deb o'ylamayman. To'g'ri bizda yig'inlar asosan tog'da va Yangiyerda bo'lib o'tadi va bu Muborakdan ko'ra boshqacha muhit.  Biz har doim uy uchrashuvlarimizga kamida bir hafta Muborakda tayyorgarlik olib boramiz va ko'p futbolchilar Muborakdagi ob-havoga to'la moslashgan. Ayni vaqtga kelib esa biz tayyorgarlik o'z maydonimizda olib bora olmaymiz. Birinchidan keskin issiq futbolchilarning jismoniy holatini tiklash o'rniga yo'qotishga olib keladi. Ikkinchidan Muborakda nazorat uchrashuvlarini o'tkazish uchun faqatgina "Nasaf" bo'lishi mumkin. "Buxoro" ham asosan Toshkentda bo'ladi. Yangiyerda esa ham stadion , ham nazorat uchrashuvlari uchun qulay hudud. Ob-havo ham etarli darajada bo'lib turadi. "Mashal"ga uy uchrashuvlarini Muborakda o'tkazganda hech qanday ta’sir o'tkazmaydi.
 
- Bugunga kelib jamoa futbolchilarining sog'lig'i qay darajada?


Jismoniy holatni ko'proq bosh murabbiy o'rganib chiqadi. Sog'ligi borasida aytadigan bo'lsam biz bundan to'la qoniqmoqdamiz. Eng asosiysi yangi mavsumga jarohatlarsiz kirib bormoqdamiz. Bu biz uchun muvaffaqiyat.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz