Dik Advokat: "Mening jamoalarim hech qachon pastga tushib ketmagan"

Aziz Tukhtamuradov
21 mar 2015, 21:40
Sanderlend bosh murabbiyi Dik Advokat futbolchilarida ruhiy tomonlama muammolar borligini aytib o'tdi.
"Men "Aston Villa"ga qarshi o'yinda o'yinchilarimga hayron qoldim. Raqib gol urgandan so'ng ular o'ynamay qo'yishdi. Ularning to'rtinchi golida esa 5 nafar futbolchim shunchaki tomoshabin vazifasini bajardi. To'pni yo'qotganlaridan so'ng tezda ortga qaytish o'rniga sekin qadam tashlab yurishardi.

Mening jamoalarim hech qachon quyi ligalarga tushib ketmagan. Umid qilamanki, bu safar ham shu anana davom etadi", - deydi Advokat.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru