Diego Kosta Gasperini boshqaruvidagi "Atalanta"da to'p tepishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022, 21:04
Bergamo klubi hujumchi Diego Kostaga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabar berishicha, taniqli mutaxassis Jan Pero Gasperini qo'l ostidagi Italiya jamoasi Kostani uzoq muddatga safdan chiqqan kolumbiyalik forvard Duvan Sapataga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Kosta hozirgi paytda erkin agent hisoblanadi, shu bois u yangi klubga tekinga o'tishi mumkin. Oldinroq o'yinchiga "Arsenal", "Salernitana", "Maync", "Valensiya", "Fenerbaxche" va "Zenit" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

33 yoshli Kosta Ispaniya terma jamoasi tarkibida 24 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato