

Yevropa ligasining o'tish o'yinida "Portu"ga qarshi o'yin vaqtida mezbonlar futbolchisi Alan Varela rimliklar a'zosi Paulo Dibalaning tizzasiga tepdi. Dibala shundan keyin maydonga yiqildi va bir necha daqiqa mobaynida tibbiy yordam oldi.
"Roma"ning hujumkor futbolchisi o'yinni davom ettirishga harakat qildi, biroq 40-daqiqada almashtirildi.
"Transfermarkt" portalining ma'lumotiga ko'ra, futbolchi "Roma"dagi uch mavsumlik faoliyati davomida 13-marta jarohat oldi.



