Dibala: “Men sizlar bilan finalda o'ynamoqchi edim”

14 noya 2017, 22:51
“Yuventus” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan Italiya terma jamoasini qo'llab-quvvatladi.

“Men kecha sizlarga muxlislik qildim va sizlar bilan qayg'u chekdim. Men o'zim ishtirok etadigan ilk mundialda sizlar bilan uchrashish niyatida edim. Hattoki finalda ko'rishishni istagan edim.

Sizlar haqiqiy chempionsizlar va biz birgalikda ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritamiz. Sizlarni bag'rimga bosaman, do'stlarim!” deya o'zining Instagramdagi sahifasiga jamoadoshlari Bardzali, Kellini va Buffon rasmlarini joylashtirgan Dibala.


O'xshash yangiliklar


Manba: Пауло Дибаланинг Инстаграм саҳифаси