

Argentinalik futbolchi "Sampdoriya" bilan uchrashuvda (2:0) chap sonidan jarohat olgan.
Hujumchining tiklanish muddati hozircha noma'lum. "Yuventus" 9 avgust kuni Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Lion"ga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli Dibala joriy mavsumda 45 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urdi va 14 ta assistni amalga oshirdi.



