Dibala Italiya chempionatidagi 100-golini urdi

Alisher
31 avg 2022, 15:18
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala "Monca" (3:0)ga qarshi Italiya chempionati 4-tur doirasidagi o'yinda dubl qayd etdi.

28 yoshli argentinalik A Seriyada 100ta gol urdi. Buning uchun unga 275ta o'yin kerak bo'ldi.

Dibala "Palermo"da 16ta, "Yuventus"da 82ta va "Roma"da 2ta gol urishga erishdi.

Bundan tashqari, forvard A Seriyada 50ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru