"Di Si Yunayted" "Oltin to'p" sohibini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Alisher
7 yanv 2020, 10:20
MLSning "Di Si Yunayted" klubi "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich bilan shartnoma imzolamoqchi.

Tomonlar o'zaro muzokara olib borishmoqda. Muammo shundaki, Modrichning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 18 oydan so'ng yakuniga etadi.

Madridliklar rahbariyati esa tajribali yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor emas.

Lukaning jamoadan ketishi haqida mish-mishlarni yo'q qilish uchun "Real" u bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2018 yilgi "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic