Di Mariya sobiq jamoasiga qaytishga yaqin

Alisher
21 iyun 2023, 08:59
Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya “Benfika” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb yozdi jurnalist Fabricio Romano.

35 yoshli futbolchining vakillari va klub o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Agar tomonlar shartnomaning so'nggi bandlarini kelishib olishsa, Di Mariya klub bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.

 Di Mariya o'tgan mavsumda “Yuventus”da barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ma'lumot uchun, Anxel Di Mariya “Benfika” safida 2007-2010 yillarda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com