Deyan Jurjevich Janubiy Koreya olimpiyachilari o'yinini kuzatadi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2015, 09:30
O'zbekiston terma jamoasi texnik direktori Deyan Jurjevich Janubiy Koreyaga yo'l oladi.

Jurjevich u yerda Janubiy Koreya va Avstraliya olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini kuzatadi. Aslida Jurjevich JCH-2018 saralashi doirasidagi KXDR - Filippin uchrashuvini tomosha qilishi kerak edi. Biroq KXDR mutaxassisga viza taqdim etmadi. Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatidagi raqibi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasidagi U-23 Osiyo chempionati 2016 yilning yanvar oyida Qatarda tashkil etiladi. O'zbekistonning guruhida Janubiy Koreyadan tashqari Iroq va Yaman jamoalari ham bor.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia