
“O'yinimizni yaxshilash uchun har bir imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak. Agar biz guruhimizda birinchi o'rin bilan chiqa olsak, bu bizlarga katta imkoniyat yaratadi. Shu sababli guruhda birinchi o'rin bilan chiqish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Hozirgacha hech bir jamoa bizni mag'lubiyatga uchrata olmadi va keyinchalik ham shunday mag'lubiyatsiz o'ynashga harakat qilamiz.
Biz CHL pley-off bosqichiga o'tib bo'ldik, endi rotaciya haqida o'ylasak ham bo'laveradi”, - deya ta'kidladi Moyes.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” – “Shaxter” o'yini seshanbadan chorshanbaga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.