
"U juda muhim futbolchi, shu sababli uni yaxshi qo'riqlashimiz kerak. Uni o'yinga ta’sirini cheklab qo'yish lozim. Portugaliyaning xar qanday raqibi Ronaldu to'p bilan bo'lganda unga bo'lgan e'tiborni oshirish kerakligini tushunadi.
Ammo hozir gap faqat Krishtianu Ronaldu to'g'risida emas. U turli poziciyalarda o'ynay oladi, ammo unga qo'shimcha e'tibor ajratishimiz shart. Biz televizor orqali uning "Real" safidagi primero va Chempionlar ligasidagi uchrashuvlarini ko'ramiz. Lekin bizda uning kichik odatlarini biladigan va u bilan bir jamoada o'ynaydigan Varan kabi futbolchilar bor. Benzema ham Ronalduni yaxshi biladi. Xar qanday francuz futbolchisi unga qarshi qanday o'ynashni biladi, lekin unga bog'liq kichik ma'lumot ham kerak bo'lishi mumkin" - deydi murabbiy.