Desham: "Men o'yin paytida Benzemani almashtirmoqchi emasman"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2015, 13:45
Oxirgi kunlarda francuz OAV "Real" bosh murabbiyi Rafael Benites hujumchi Karim Benzemani juda ko'p almashtirayotganini muhokama qilishdi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham esa Benitesdan o'rnak olmoqchi emas.

"Men Benzemani almashtirmoqchi emasman. U doimo milliy jamoa uchun gol urishni istagan, ammo Karim uchun gollar eng muhimi emas. Benzema jamoaviy o'yinda ishtirok etmoqchi. Karim Fransiya terma jamoasi uchun juda kerakli futbolchi" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: marca.com