Dembelening narxi sezilarli darajada tushib ketdi

Mirjalol Normatov
24 may 2020
"Barselona" hujumchi Usmon Dembeleni sotib yuborish niyatida.

Fransiyalik futbolchi o'zining transferini oqlay olmadi va shu boisdan klub rahbariyati unga katta maosh to'lamoqchi emas. Shuningdek, futbolchining jarohatga moyil bo'lib qolgani ham kyetishning asosiy faktori bo'lib turibdi.

"Sport.es" ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" 100 millionlik futbolchisini atigi 41 million evroga sotib yuborishga tayyor turibdi. Hozirda Dembele uchun PSJ asosiy nomzod bo'lib turibdi.

2019/20 yilgi mavsumda Dembele "Barselona" tarkibida 9 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es