Dembelening agentlari "Barselona" bilan yangi muzokara bo'yicha muzokaralarni kechiktirmoqda

Alisher
19 apr 2021, 14:11
"Barselona" vinger Usmon Dembelening agentlari shartnomani uzaytirish bo'yicha Kataloniya klubi bilan muzokaralarni kechiktirishmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" bir necha bor futbolchining vakillariga 3 yillik yangi shartnoma bo'yicha taklif berishdi, ammo ular hali javob berishmayapti.

Oldinroq xabar berilganidek, Dembele "Barselona"da qolishni xohlamoqda. Ammo kataloniyaliklar o'yinchining agentlaridan xavotirdalar.

Agar "ko'k-anorranglilar" fransiyalik futbolchi bilan kelishuvga erisha olmasa, uni yaqin oylarda transferga qo'yishadi. 23 yoshli vingerning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es