Dembele operaciya qilinadi

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2021, 00:17
"L’Equipe"ning xabar berishicha, "Barselona" va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Usmon Dembele Evro-2020 doirasidagi Vengriyaga qarshi o'yinda olgan jarohati bois operaciyani boshidan o'tkazadi.

Manbaning aytishicha, futbolchi tizzasidan olgan jarohatini operaciya qildirish bo'yicha klub bilan maslahatlashib, bir qarorga keldi.

24 yoshli o'yinchining tiklanishiga 4 oy zarur bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe