De Paul: "Futbolchilar "oltin qafas"da yashashadi"

Omonjon To`xtamirzayev
8 avg 2024, 19:42
Madridning "Atletiko" klubi va Argentina termasi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul futbolchilar hayoti haqida gapirdi.

"Futbolchilar "oltin qafas"da yashashadi. Sababi ko'p narsani amalga oshirishga imkoniyatlaring etadi, ammo sen doim ham bundan zavq olib yashay olmaysan. Istagan vaqtingda, istagan joyingda bo'la olmaysan. Axir har bir insonning eng qadrli narsasi – bu vaqt. Oxirgi marta tavallud ayyomimni onam, aka-ukalarim va do'stlarim bilan nishonlaganimga ham o'n yildan oshdi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: goal.com