De Bryuyne golga assistetlik qilish bo'yicha Messidan o'tib ketdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018, 07:01
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APL 27-turi doirasidagi “Lester”ga qarshi kechgan (5:1) o'yinda 3ta golga assistentlik qildi.

Belgiyalik futbolchi 2012 yilning avgustidan to shu kungacha 77ta golga hammualliflik qildi. 26 yoshli yarim himoyachining bu natijasi TOP-5 chempionati futbolchilari orasidagi eng yaxshisi hisoblanadi. 

Ayni ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi egallab turibdi. Argentinalik forvard 76ta golga assistentlik qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif