De Bryuyne: Aleksis kelsa, albatta, jamoani kuchaytiradi

11 yanv 2018, 01:30
Belgiyalik yarim himoyachi “Manchester Siti”ga o'tishi kutilayotgan Aleksis Sanches borasidagi fikrlarini bildirdi.

“Aleksis - juda yaxshi futbolchi. Ko'ramiz, transfer oynasi vaqtida nimalar sodir bo'lar ekan. Agar u bizga qo'shilsa, juda yaxshi. Ammo kelmasa, hozirgi jamoa bilan o'ynashda davom etamiz. Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Barcha o'z ishini yaxshi bajarmoqda. Agar Aleksis kelsa, albatta, jamoani kuchaytiradi”, - deydi belgiyalik yarim himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com