Dahshat. “Ayaks” PSVga yirik hisobda mag'lub bo'lib, turnir jadvalining so'nggi pog'onasiga tushib ketdi

Nozimov Nig'monxo'ja
30 okt 2023, 08:08
Niderlandiya chempionatining 10-tur bahslari bo'lib o'tmoqda.

Turning markaziy uchrashuvida “PSV” “Ayaks”ga qarshi maydonga tushdi. Ettita to'p kiritilgan bahsda “PSV” raqibini 5:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Hali chempionatda ochko yo'qotmagan “PSV” turnir jadvalini boshqarib bormoqda. “Ayaks” esa besh ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasiga tushib ketdi.


Eredivizi. 10-tur

PSV - Ayaks 5:2
29 oktyabr, Filips

Gollar: Losano (20, 60, 72), de Yong (49), Saybari (52) - van den Bomen (10), Brobbi (40).

PSV – Benites, Teze, Ramalo, Boskali, Dest, Shauten, Verman (Saybari, 46), Tillman (Til, 46), Losano (Babadi, 90), Bakayoko (Vertessen, 83), de Yong (Pepi, 83).

Ayaks – Ramay, Goei, Shutalo, Hato, Avila (Salax-Eddin, 75), van den Bomen (Vos, 75), Taylor, Xlinsson, Bergeys (Godts, 64), Bergveyn, Brobbi.
Ogohlantirishlar: Hato (13), Bergveyn (62), Saybari (90).

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia