Davron Fayziev: "Himoyaga yotishni o'ylamagan edik"

Narzulla Saydullayev
24 sen 2015, 20:14
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.

"Avvalambor futbolga befarq bo'lmagan barchani klubimiz va o'z oilam nomidan bugungi bayram bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, kubok javob uchrashuvining o'zginasi bo'ldi. Dastlabki golni jarima zarbasidan o'tkazdik. Bunday o'yindarda hakamlar sal e'tiborlirok bo'lishlari kerak deb o'ylayman. 2:0 bo'lguniga qadar o'yinimiz yomon chiqmaetgan edi. Biz gol urishimiz mumkin bo'lgan vaziyatdan keyin gol o'tkazdik. Aslida bu erga durang uchun himoyaga yetib olgani kelmagan edik", - deydi Davron Fayziev.

- Avvalgi o'yinga nisbatan bugun ko'prok hujum qilishga harakat qildinglar, ammo yakuniy zarbani berishda xatolar kuzatildi.
- Kerak bo'lmagan oddiy xatolarga yo'l qo'yish yomon. Undan tashqari gol uradigan futbolchilar hamma klubda muammo. Lekin sezilarli o'zgarish bor, bundan quvonsa bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia