Davor Shuker: Eriksen yo'q joydan imkoniyat yaratishi mumkin, ammo men Xorvatiyaga ishonaman

28 iyun 2018, 09:39
Xorvatiya termasi sobiq futbolchisi ayni vaqtda mamlakat futbol ittifoqi prezidenti bo'lgan Davor Shuker 1/8 final uchrashuvi haqida gapirdi.

“Murakkab guruhda maksimal natija ko'rsatib, 1-o'rinni egallaganimizdan xursandman. Agar imkoniyatlar haqida gapiradigan bo'lsak, pley-offda hammasi - 50 ga 50. Bizni o'ta qiyin uchrashuv kutmoqda. Daniyaliklarda yo'q joyda imkoniyat yarata oladigan Kristian Eriksen hamda o'ta kuchli darvozabon Kasper Shmeyxel bor. Biz esa o'zimizning jamoaviy ruhimiz bilan kuchlimiz. Men yigitlarimizga ishonaman va olg'a yuramiz, deb umid qilaman”,-dedi Shuker.

O'xshash yangiliklar


Manba: Izvestiya