David Luis: "Sovrinlar uchun kurashadigan klubda o'ynamoqchiman"

Alisher
17 avg 2021, 15:00
Hozirda klubsiz bo'lgan "Arsenal" sobiq himoyachisi David Luis faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligini aytdi.

"Men doim g'alaba qozonishni xohlayman va bu uchun har kun ishlayapman. Bosimni his qilish va muntazam ravishda yuqori darajada ishtirok etish uchun sovrinlar uchun kurashadigan klubda o'ynamoqchiman.

Aynan shu sabab hali ham futbol o'ynamoqchiman va o'zimga yangi chaqiriq izlamoqdaman", - deydi braziliyalik.

Eslatib o'tamiz, David Luis "Benfika", PSJ, "Chelsi" va "Arsenal" jamoalarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail