David Alaba: "Real" ro'yxatimda birinchi edi"

Alisher
31 may 2021, 15:40
"Real"ning yangi o'yinchisi David Alaba nega aynan Madrid klubiga o'tishni afzal ko'rgani haqida gapirdi.

"Ko'plab klublar menga qiziqish bildirishdi. "Real" mening ro'yxatimda birinchi edi. "Real" "Bavariya"dek alohida tarixi bor dunyoning eng katta klublaridan biri. Muvaffaqiyatli tarixni davom ettirishni xohlayman. "Real" - hayotimdagi yangi qism. Shaxsan va professional rejalarda o'sishni istayman. Aynan shu sabab Madridga keldim", - deydi Alaba.

Alaba o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida 43ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

"Real" o'yinchining transferi haqida 28 may kuni e'lon qildi. Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild