Daniel Alves: Barselonadan ketayapman, ammo qachondir albatta qaytaman

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2016, 10:13
Himoyachi Daniel Alves Barselona klubi muxlislari bilan xayrlashdi.

Bir oydan so'ng Barselonaga kelganimga 8 yil bo'ladi. Birinchi kundan oxirgi kungacha bu yerda maza qildim.

G'aroyib futbolchilar va murabbiylar bilan birga ishladim, dunyoning eng buyuk klubida o'ynadim. O'zim uchun yangi chorlovni tanlashga qaror qildim. Shu bois Barsadan ketishga qaror qildim.

Ketayapman, ammo qachondir albatta qaytaman, sababi bu klubning muxlisiga aylandim, – deb yozadi Alves instagramdagi o'z sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/p/BGKN-9ZOH0N