Dani Alvesda besh mamlakat klublaridan takliflar bor

Alisher
12 okt 2021, 12:01
Erkin agent maqomidagi braziliyalik himoyachi Dani Alves o'ziga yangi jamoa izlamoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 38 yoshli o'yinchining xizmatlariga Braziliya, Argentina, AQSH, Qatar va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Alvesning so'nggi ish joyi "San-Paulu" bo'lgan edi. Tomonlar maosh qarzdorligi sabab shartnomani bekor qilishdi.

Himoyachi Yevropada "Sevilya", "Barselona", "Yuventus" va PSJ klublaridagi ishtiroki orqali tanish.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira